25-iyul soat 22:00 dan 26-iyul soat 06:00 gacha:
- Bobur koʻchasining Shota Rustaveli chorrahasidan Nukus koʻchasigacha boʻlgan bir yoʻnalishdagi qismi yopiladi. Bu vaqtda chorrahada faqat oʻngga burilish mumkin boʻladi.
25-iyul soat 22:00 dan 28-iyul soat 03:00 gacha:
- Bobur koʻchasidan toʻgʻri va chapga harakatlanish taqiqlanadi — faqat oʻngga burilishga ruxsat etiladi.
- Shota Rustaveli koʻchasidan chapga burilish taqiqlanadi, faqat toʻgʻri va oʻngga harakatlanish mumkin boʻladi.
Harakatdagi cheklovlar tufayli ayrim avtobus yoʻnalishlari vaqtincha oʻzgaradi. Avtobuslar yangi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanadi, bu haqda batafsil maʼlumot rasmlarda yoki rasmiy manbalarda taqdim etiladi.
Haydovchilar va yoʻlovchilardan belgilangan tartiblarga qatʼiy rioya qilish soʻraladi.








