Birinchi shou frantsuz matbuotida ko'plab ijobiy sharhlarga ega bo'ldi. SHarhlarda mazkur teledasturni 1,3 million kishi zo'r qiziqish tomosha qilgani ham e'tirof etildi. Bu tarixdagi 4-eng yaxshi ko'rsatkich sifatida baholandi.
Fil`m Frantsiyaning BO Travail kinokompaniyasi, mamlakatimizning Parijdagi elchixonasi hamda O'zbekiston respublikasining turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda suratga olingan. Suratga olish ishlari Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Jizzax, Nukus va Mo'ynoq shaharlarida bo'lib o'tdi.
Syujet avvalida taniqli frantsuz jurnalisti Sofi Yovillar SHarq va G'arbni bog'laydigan Buyuk ipk yo'li hamda ushbu tarixiy marshrut chorrahasida joylashgan O'zbekiston diyori haqida tomoshabinga hikoya qiladi. “Mamlakat o'zining boy madaniyati, betakror me'morchiligi va an'anaviy mehmondo'stligini saqlab qoldi”, deydi u.
Boshlovchi O'zbekiston poytaxti bo'lgan Toshkent shahri haqida ham alohida to'xtalib, bu shahar moziyda Buyuk ipak yo'lida ro'y bergan voqealarda ham muhim o'rin tutishini ta'kidlab o'tadi.
SHuningdek, fil`mda buyuk sarkarda Amir Temurning tarixiy roliga ham katta e'tibor qaratilgan.
Frantsuz muxbiri Toshkent metrosining “CHorsu” bekati me'morchilikning yuksak namunasi ekanligini aytib o'tgan. SHarqiy bozorlar haqida esa Sofi ham alohida to'xtalib, savdo-sotiq va sharqona taomlarning xushbo'y hidi, quritilgan mevalaru shirinliklar va rang-barang adrasu shoyi matolari har qanday insonni o'ziga maftun etishini so'zlaydi.
Fil`mda Samarqanddagi Registon arxitektura ansambli, qadimgi texnologiyalar bo'yicha ishlaydigan Meros qog'oz fabrikasi to'g'risida ham hikoya qilingan. Buxoro haqidagi hikoyalarda tomoshabin keramika va sopol buyumlari ishlab chiqarish an'analaridan boxabar bo'ladi. Ayniqsa, “Suzanna” badiiy kashtalari va qadimiy temirchi hunarmandlarning faoliyati haqidagi hikoyalar frantsuz tomoshabinlarida katta qiziqish uyg'otgan.
Sofi Yovillarning so'zlariga ko'ra, Buxoro shahri qadimdan “Karvon vohasi” va “TSivilizatsiyalar chorrahasi” bo'lib kelgan. Fil`mda Buxoro shahrining ulug'vor me'morchiligi va bu noyob merosning tarixiy ahamiyati haqida batafsil hikoya qilingan.
Frantsuz muxbiri Xivani “Ochiq osmon ostidagi muzey-sharq durdonasi” deb ataydi. Uning fikricha, bunday noyob shaharning bu olamda aslo o'xshashini topa olmaysiz.
“Xivadagi qo'g'irchoq yasaydigan hunarmandlarning san'ati dunyoning turli burchaklaridagi sayyohlarni o'ziga jalb etib kelgan, -deydi jurnalist. - Bugun Xivaning har bir bozoridan milliy uslubda tikilgan ajoyib qo'g'irchoqlarni sotib olishingiz mumkin. Fil`mimizda dorbozlar va muvozanatchilarning ko'p asrlik ana'nalari ham aks etgan.
Frantsuz hujjatli fil`mida Qoraqalpog'istondagi mahalliy aholi diqqatiga sazovor bo'lgan joylar, shuningdek, Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi bugungi kunda sayyohlarning sevimli ziyoratgohlariga aylanib ulgurgani aytib o'tilgan. Jurnalist mahalliy aholining o'ziga xos madaniyati, an'naviy ko'chmanchi uylari va ekzotik tuya sayohatlari haqida to'lib-toshib hikoya qilgan.
SHuningdek, fil`mda Orol dengizining qurishi va mintaqaning flora hamda faunasini saqlab qolish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlar haqida ham aytib o'tilgan. Qurigan dengizda cho'kib qolgan kemalardan iborat Mo'ynoq porti haqida ham hikoya qilinadi.
Frantsuz kinorejissyorlarini O'zbekiston davlati nafaqat o'zining tarixi va madaniyatining buyukligi, balki betakror mul`tikul`turalizmi, bag'rikengligi va o'zbekona mehmondo'stligi bilan hayratda qoldirgan.
Fil`m kuni kecha "France 5" telekanalida qayta namoyish etildi. SHuningdek, France 5 onlayn platformasida va Echappées Belles ijtimoiy tarmog'idagi sahifalarda ham e'lon qilindi.
M. Tojimamatova tarjimasi