Qayd etilishicha, narxlarning oshishiga Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga taʼsir qiluvchi qoʻshimcha soliq va majburiy toʻlovlar joriy qilingan, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani sabab boʻlgan.

Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022-yilda yangi majburiy toʻlovlar joriy etilgan. Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi oʻrtacha 40-45 foizga koʻtarilgan.