Buning uchun tashkil etilgan 21 ta oʻquv kursidan 8 tasi Oʻzbekiston hududlarida oʻtkazildi.
2021-yildan boshlab Respublika tibbiyot markazida Kadrlar tayyorlash va shifokorlarning kasbiy malakasini uzluksiz oshirish boʻlimi tashkil etildi.
Joriy yilning oʻzida bu yerda shifokorlar malakasini oshirish mavzusiga bagʻishlangan 4 ta kursning oʻquv dasturlari ishlab chiqilgandi. Ular orasida “Ilmiy isbotlarga asoslangan antenatal davolash”, “Tezkor akusherlik yordami” va boshqalar ham bor. Dasturning umumiy soni 11tani tashkil etadi.
Umuman olganda boʻlim oldida klinik ordinatorlarni tayyorlash, shifokorlarning diplomdan soʻngi malakasi ni oshirish, milliy klinik protokollarni ishlab chiqishda ishtirok etish vazifasi qoʻyilgan.
Shuningdek, boʻlim oʻquv simulyatsion-trening markazi kabi boʻlimni ham oʻz ichiga oladi. Mazkur yoʻnalishning shifokorlar koʻnikmalarini oshirish yoʻlidagi unumdorligini inobatga olib, bu yilning oʻzida 6 ta simulyator va trenajerlar xarid qilingan. Ular orasida “Interfaol Pirogov stoli”, tugʻishga yordam simulyatori, klinik ordinator va boshqa dasturlar boʻyicha testlar topshirish elektron tizimi mavjud.
Kunduzgi taʼlim bilan birgalikda koʻp sonli tibbiyot xodimlarini qamrab olish imkonini beruvchi taʼlimning distansion shaklidan ham samarali foydalanib kelinyapti. Joriy yilda videokonferensaloqa (VKA) shaklida 1 397 ishtirokchini qamrab olgan 16 ta kurs oʻtkazildi. Ishtirokchilarning aksariyati, yaʼni 1 162 nafari mamlakatimiz hududlaridan edi.
Oʻtayotgan yilda RIOvaBSIATM uchta ilmiy-amaliy tibbiy xalqaro forumlarda ishtirok etdi. Bunday tadbirlar sarasiga JST va YUNFPA bilan hamkorlikdagi ishlar ham kiradi. Forumlardan biri Sankt-Peterburgda, ikkitasi Qozogʻistonda oʻtgan.
Xususan, JST ekspertlari akusherlik va ginekologiya sohasida klinik protokollarni ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuningdek, YUNFPA koʻmagida xorijiy klinik ordinatorlar va magistrlar ishtirokidagi 2-Yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi. Mamlakatning barcha hududlaridan 37 nafar trenerlarni “Ilmiy isbotlarga asoslangan antenatal davolash” yoʻnalishida tayyorlash YUNFPA bilan hamkorlikning muhim natijasi boʻlib qoldi. Bular birlamchi tibbiy-sanitar yordam muassasalari, xususan, poliklinikalar mutaxassislari. Ular endi oʻz hamkasblari uchun bazaviy trenerlar hisoblanadi. Ular yordamida homilador ayollarni poliklinika sharoitida davolash yangi darajaga koʻtariladi.
Bundan tashqari “Kattalarni oʻqitishda zamonaviy yondashuv va uslublar” kursi tashkil etilgan. Boʻlim xodimlari, hamda shifokorlar malakasini oshirish kurslari trenerlari orasidan 20 nafar mutaxassis katta yoshdagi odamlarga taʼlim berishning samarasini oshiradigan dolzarb koʻnikmalarini boyitish imkonidan foydalandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.