Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Navoiy viloyati boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Markazning ochilish marosimida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi direktori M.Rasulova, viloyat hokimi oʻrinbosari M.Mamadiyarova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi Q.Rajabov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan soʻnggi yillarda oilasi va atrofdagi boshqa shaxslardan turli koʻrinishda jabr koʻrgan insonlarga yordam koʻrsatish hamda ularni hayotga ruhlantirish boʻyicha koʻplab amaliy ishlar olib borilayotgani, markazlar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilayotgani eʼtirof etildi.
Markaz binosida psixolog xonasi, ijtimoiy-moslashuv maslahatxonasi, oshxona, tikuvxona, fitnes, dam olish xonalari va 12 oʻringa moʻljallangan yotoqxona mavjud.