Bu Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan 80 dan ortiq parrandachilikka aloqador boʻlgan ilgʻor xorijiy kompaniya va idoralar vakillari hamda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq barcha yoʻnalishdagi parrandachilik xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini tajriba almashish uchun birlashtirgan Oʻzbekiston parrandachilik sanoatining asosiy voqeasidir.
Forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 4015-son qarori 20 bandida koʻrsatilgan “Parrandasanoat” uyushmasiga mamlakatda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy sayyohlar, turli mamlakatlarning parrandachilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda parrandachilikka oid xalqaro forum va koʻrgazmani oʻtkazish topshirigʻiga asosan oʻtkazilmoqda.
Tadbirda AQSH, Xitoy, Indoneziya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Belorusiya, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va boshqa davlatlarning ilgʻor kompaniyalari hamda ularning vakillari va mutaxassislari qatnashmqoda.
Forum doirasida bugungi kunda parrandachilik sohasidagi dolzarb masalalar boʻyicha 20 dan ortiq xorijiy kompaniyalarning yetuk mutaxassislari tomonidan prezentatsiya, taqdimotlar oʻtkazildi.
Uyushma tomonidan mazkur xalqaro forum doirasida xorijdan kelgan kompaniyalarni Oʻzbekiston parrandachilik korxonalari bilan yaqindan tanishtirish va kelgusida hamkorlik masalalarini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston parrandachilar maʼlumotnomasi tayyorlandi va chop etildi.
Forum davomida hamkor tashkilotlar uchun oʻz brendini va xizmat turlarini hamda mahsulotini reklama qilish uchun kichik koʻrgazma tashkil etildi.