Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi qancha?

    Moliya 22 Noyabr 2022 1673

    Davlat qarzi qoldigʻi 2022-yilning 1-iyul holatiga koʻra 26 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

    Moliya vazirligining maʼlumot berishicha, shundan, davlat tashqi qarzi – 23,26 mlrd. AQSH dollari, davlat ichki qarzi – 2,77 mlrd. AQSH dollari boʻlib, yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 35,1 foiz.

    Xususan, davlat qarzining YAIMga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan (2021-yil yakunida – 38,0 foiz) 2022-yilning 1-iyul holatiga 35,1 foizgacha pasaydi.

    Xalqaro valyuta jamgʻarmasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bagʻishlangan hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda “moʻtadil” darajada hisoblanadi