Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va shahar IIBB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.F. boshqa bir fuqaro A.ga qalbaki 20 000 AQSH dollarini 8 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, undan 8 000 AQSH dollarini olib, qalbaki AQSH dollari hisobidan 100 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.