Ikki viloyatda “valyutchik“ lar faoliyatiga chek qoʻyildi

    Voqea-hodisalar 14 Fevral 2025 548

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi.

    Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar H.X. va N.Yu. fuqaro A.R.ga 4 000 AQSH dollarini 51 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 105,8 mln soʻm, 5 450 AQSH dollari va 1 800 turk lirasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Shu kabi, Departamentning Bektemir tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar H.N. va A.J. fuqaro M.X.ga 3 550 AQSH dollarini 46,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida jami 3 567 AQSH dollari va 25,3 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Shuningdek, Departamentning Rishton tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar E.M. va A.J. fuqaro Z.T.ga 5 000 AQSH dollarini 64,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.