Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro J.R. fuqaro B.R.ga jami 15 000 AQSH dollarini 193,8 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shu kabi, Karmana tumanida fuqarolar J.B. va D.S. 4 385 AQSH dollarini 57 mln soʻmga sotgan vaqtida, Qarshi tumanida fuqaro A.S. 3 800 AQSH dollarini 49,6 mln soʻmga sotgan vaqtida, Mingbuloq tumanida fuqaro O.A. 3 500 AQSH dollarini 45,4 mln soʻmga sotgan vaqtida, Buxoro tumanida fuqaro .Y. 3 100 AQSH dollarini 39,6 mln soʻmga sotib olgan vaqtida, hamda Yangiyoʻl shahrida fuqaro Sh.G. 3 000 AQSH dollarini 39 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.