Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamda Respublika oʻquvchi-yoshlar markazi negizida Respublika “Kelajak” markazi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazlari;
  • Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalari.

“Kelajak” markazlarining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida oʻquvchilar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.

2026-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega maktab maslahatchilariga lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi.

Qarorga koʻra, “Kelajak” markazlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:

  • shartnoma asosida malakali mutaxassislar hamda nodavlat oʻquv markazlarini jalb etgan holda toʻgaraklar tashkil etish;
  • ota-onalar badali toʻlovini ota-onalar bilan kelishgan holda respublika boʻyicha belgilangan minimal miqdorlarga nisbatan oshirish.

2026-yil 1-yanvardan “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovining minimal miqdorlari qayta koʻrib chiqiladi.

“Kelajak” markazlari kontingent soni boʻyicha ikkita guruhga ajratiladi.

Bunda kontingent soni 600 nafargacha boʻlgan “Kelajak” markazlari – II guruhga, 601 nafar va undan ortiq boʻlganda – I guruhga tegishli hisoblanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) “Kelajak” markazlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

  • markazlardagi toʻgaraklar faoliyati zamonaviy va yagona dastur asosida tegishli yoʻnalishlarga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;
  • inklyuziv toʻgaraklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq toʻlanadi.