Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida mazkur moliya muassasasi va Oʻzbekiston oʻrtasida ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorlikni chuqurlashtirishning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Investitsiyaviy hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqilib, 2018-yildan to hozirgi kungacha YETTB Oʻzbekistonda energetika, suv taʼminoti va qattiq chiqindilarni qayta ishlash yoʻnalishlarini rivojlantirish sohalarida 13 ta loyihani amalga oshirayotganligi taʼkidlangan. Bundan tashqari, ishlab chiqilayotgan yangi investitsiya loyihalari portfeli umumiy qiymati 924 million dollardan ortiq 8 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Tomonlar joriy va yangi loyiha tashabbuslarini jadal rivojlantirish boʻyicha keyingi hamkorlik formatini belgilab oldi.

Uchrashuv davomida 2023-yilda Samarqandda boʻlib oʻtadigan YETTB boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qilindi.