Uchrashuvda 2024 – 2025-yillarga moʻljallangan istiqbolli loyihalar, jumladan, Samarqand, Namangan va Nukus shaharlariga elektrobuslar xarid qilish, shuningdek, Samarqandda tramvay qatnovini rivojlantirish loyihalari muhokama qilindi.
M.Patrone YETTBning umumiy portfelida transport loyihalarining ulushi salmoqli ekanligini alohida qayd etdi va temir yoʻl transporti sohasida hamkorlikdagi loyihalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, tomonlar Toshkent – Samarqand pullik avtomobil yoʻlini qurish loyihasi boʻyicha hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar ahamiyatini alohida qayd etib, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlashni tezlashtirishga kelishib oldi.