баннер
30 Mar 2025
03:26

    Laziz Kudratov YETTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

    Joriy yil 25-martda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andi Aranitasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Suhbat davomida YETTB ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar va Bank faoliyati yoʻnalishlariga kiradigan hamda “Oʻzbekiston 2030” strategiyasi maqsadlariga mos keladigan qator yangi tashabbuslar muhokama etildi. Tomonlar birgalikda ishlash va hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Bank vakillariga yangi tashabbus – respublika hududlarida rivojlangan mamlakatlar bozorlarida oʻz biznesini kengaytirishga tayyor boʻlgan yirik tadbirkorlar bilan bevosita ishlash taklif etildi. Andi Aranitasi tadbirkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish mahalliy investitsiya imkoniyatlarini aniqlash va barqaror ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish vositasi sifatida muhimligini yuqori baholadi va rejalashtirilgan tashriflarda Bank vakillarining ishtirok etishiga katta qiziqish bildirdi.

    Konstruktiv suhbat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining (XIK) boʻlajak yigʻilishining tashkiliy jihatlarini muhokama qilish imkonini berdi. Laziz Kudratov davlat organlari va xalqaro moliya institutlari oʻrtasida ochiq muloqotni rivojlantirishda XIK platformasining muhim rolini qayd etdi. YETTBning uchrashuvda faol ishtirok etishi va mamlakatning investitsiya muhitini yanada yaxshilash boʻyicha amaliy takliflar kiritishiga ishonch bildirildi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirish va barcha sohalarda strategik sheriklikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech