Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektr poyezdlari va “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” yoʻlovchi poyezdlari chipta narxlari 15 foizga koʻtariladi.

Xususan, “Afrosiyob” uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha boʻladi:

Toshkent – Buxoro

  • VIP – 1 138 000 soʻm;
  • Biznes — 760 000 soʻm;
  • Ekonom — 509 000 soʻm.

Toshkent – Qarshi

  • VIP – 976 000 soʻm;
  • Biznes – 642 000 soʻm;
  • Ekonom – 429 000 soʻm.

Toshkent — Samarqand

  • VIP – 709 000 soʻm;
  • Biznes – 455 000 soʻm;
  • Ekonom – 311 000 soʻm.

Kompaniya “Afrosiyob” narxlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poyezdlarga texnik xizmat koʻrsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlari koʻpaygani, harakat xavfsizligini toʻliq taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat koʻrsatishni davom ettirish zarurati, elektr poyezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida oshirilayotganini qayd etgan.