“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, sohada temir yoʻl infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilgʻi va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, temiryoʻl vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsad qilingan.
Shu sababli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tezyurar yoʻlovchi poyezdlar “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshirilmoqda.
“Afrosiyob” elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:
Toshkent—Buxoro
— VIP 994 000 soʻm;
— biznes 751 000 soʻm;
— ekonom 484 000 soʻm;
Toshkent—Qarshi
— VIP 854 000 soʻm;
— biznes 634 000 soʻm;
— ekonom 406 000 soʻm.
Toshkent—Samarqand
— VIP 619 000 soʻm;
— biznes 450 000 soʻm;
— ekonom 294 000 soʻm.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yoʻnalishdagi poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga oʻtildi.