Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 21-oktyabr kuni soat 22:50larda “Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni boʻyicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent« yoʻnalishida harakatlanib kelgan haydovchi, 2001-yilda tugʻilgan Z.A. boshqaruvidagi «Hyundai Porter” rusumli yuk avtomobili toʻxtatilib tekshirilganda, yukxonasida 36 ta “Volk« hamda 112 ta «7 Shots” nomli pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlandi.
Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi Z.A. va aniqlangan pirotexnika vositalari IJQK Departamentining Pop tumani boʻlimi xodimlariga topshirildi.