1 noyabrdan kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kadrlarga oid ma'lumot va hujjatlar YMMT, UzASBO dasturiy majmuasi kabilarga avtomatik yuboriladi.

    "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Inson resurslarini boshqarishga oid ma'lumotlar va hujjatlarni hrm.argos.uz elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangan edi.

    Qarorga ko'ra, 2023 yil 1 noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.

    Kadrlarga oid ma'lumot va hujjatlar quyidagi tizimlarga avtomatik yuboriladi:

    • davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, qo'shimcha bitimlar, vakant ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlar YAMMT (my.mehnat.uz)ga;
    • qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun edo.ijro.uz axborot tizimiga;
    • xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni to'lash uchun zarur ma'lumotlar UzASBO dasturiy majmuasiga.