Transport vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu platforma orqali yuk tashuvlari va logistika xizmatlari toʻliq raqamlashtirildi.
E-logistikaʼni ishlab chiqish va joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni doirasida koʻzda tutilgan boʻlib, xarajatlarni kamaytirish, tashuv jarayonlarini tezlashtirish va logistika xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Platforma allaqachon bozor ishtirokchilari — yuk joʻnatuvchilar, tashuvchilar va qabul qiluvchilar uchun foydalanishga tayyor.