Soliq qoʻmitasining maʼlum qilishicha, Temu marketpleysi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Biroq, oʻtgan davrlar uchun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda.
Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda Temu platformasidan foydalanish 2025-yil 20-martdan boshlab cheklanishi haqida xabarlar tarqalgandi.