Qarorga koʻra, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Milliy turizm yagona platformasi sinov tariqasida, 2025-yil 1-dekabrdan esa toʻliq ishga tushiriladi.
Ushbu platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
- sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
- respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyohlarga gid, gid-tarjimon, yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
- yoʻnalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
- avtobus, avia va temiryoʻl chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
- xalqaro va milliy toʻlov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
- turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.
Platforma maʼlumotlarining 14 ta xorijiy tilga tarjimasi taʼminlab boriladi. Transport vazirligi bilan birgalikda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, Uzbekistan Airways va boshqa yoʻlovchi tashish litsenziyasiga ega tashkilotlarning elektron chiptalarini xarid qilish tizimlari integratsiya qilinadi.