Ma’lum qilinishicha, ziyoratchilar Jidda shahridagi Podshoh Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportdan Toshkentga uchib kelgan.

Saudiya Arabistonida bo‘lgan vaqt davomida hojilar muqaddas Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilib, Arafot, Muzdalifa va Mino vodiylaridagi ibodatlarni hamda Hajning barcha amallarini to‘liq ado etgan.

Jidda aeroportida ziyoratchilarni O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalari vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Musulmonlar idorasining haj tadbirlariga mas’ul xodimlari kuzatib qo‘ygan.

Hojilar yaratilgan shart-sharoitlar va g‘amxo‘rlik uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, muqaddas safarni xotirjam va munosib tarzda amalga oshirganini ta’kidladi.

Shuningdek, ular yurtimiz tinchligi, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyoti uchun duolar qilib, katta taassurotlar bilan Vatanga qaytganini ma’lum qildi.