Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi 100 yoshdan oshgan va yotib qolgan keksalarga Qashqadaryo viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi va “Nuroniy” jamgʻaramasi viloyat boʻlimi hamkorligida “Nuroniy” jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mablagʻlari va sovgʻalar berildi.

Jumladan, 100 yoshdan oshganlarga 300 ming soʻm va sovgʻalar;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yolgʻiz yashaydiganlarga 500 ming soʻm.

Keksalar eʼtibordan mamnun boʻlib, Prezidentimizga oʻz minnatdorligini bildirdi.