Moratoriy davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4018 ta (10 oylik holatiga) murojaat kelib tushgan, murojaatlarda 188 943 tup davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat soʻralgan;
20-noyabr holatiga koʻra, jami qonunbuzarliklar soni 3 897 ta, belgilangan jarima — 4 316,1 mln soʻmni tashkil etib, shundan 2 757,4 mln soʻmi undirildi;
tabiatga yetkazilgan zarar — 9 787,2 mln soʻmni tashkil etib, shundan 2 942,4 mln soʻmi undirildi;
undirilmagan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida 338 ta holat boʻyicha (6 913,1 mln soʻm) toʻplangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritildi;
17 ta holat boʻyicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.