Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari Chirchiq daryosi hududida navbatdagi nazorat reyd tadbirlarini oʻtkazdi.
Reyd davomida fuqaro A.Q. daryodan 1 dona “Volvo” rusumli ekskavator hamda HOWO rusumli yuk transport vositasi yordamida tabiiy qum-shagʻal qazilib, “S.Q.M” MCHJ tosh maydalash sexiga tashib olib ketilayotgani aniqlandi.
Natijada “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning hamda “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonunning talablari buzilgan.
Davlat inspektorlari tomonidan transport vositalari holatga oydinlik kiritilgunga qadar jarima maydoniga qoʻyilgan.
Yuqoridagi qonunbuzarlik natijasida tabiatga 674 milliard 048 million 699 ming 520 soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.