Shu maqsadda 2019-yilda 20 ta elektromobil, zaryadlash qurilmalari va ehtiyot qismlari olib kelingan. 

Avtomobilga 40 kVt quvvatli generator oʻrnatilgan. 5-6 sekundda 100 km/s tezlikka koʻtarila oladi. Eng yuqori tezligi esa 220 km/soat.

Akkumulyator toʻliq quvvatlansa, 300 kilometrgacha harakatlana oladi. Xitoyda bu avtomobilning yangi versiyalarini ham ishlab chiqarish boshlangan. Ular toʻliq zaryad bilan 500-600 km uzoqlikka yura oladi.

Uyda 220 voltli zaryadlash qurilmasida yoki 380 voltli katta zaryadlash stunsiyasida quvvatlash mumkin.