Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolayapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.

“Biz maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida katta oʻzgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan koʻplab muammolar bor”, - dedi davlatimiz rahbari.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda toʻqson kunlik” tartibida ishlashga oʻtish topshirildi.