"Minsk" milliy aeroportida davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nikolay Snopkov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 27-iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.