“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;
havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Buxoro viloyati;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Navoiy viloyati;
havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari;
havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq- 2 daraja iliq boʻladi.