Harakat jadvaliga koʻra, Toshkent – Buxoro yoʻnalishida muntazam qatnovini boshlaydigan 12-sonli qoʻshimcha tezyurar “Sharq” poyezdi 14-iyun kuni soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan, Buxoro – Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnovini boshlaydigan 11-sonli qoʻshimcha tezyurar “Sharq” poyezdi esa 15-iyun kuni soat 05:10 da Buxoro temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Bugungi kunda Toshkent – Buxoro – Toshkent yoʻnalishida qatnovini amalga oshirayotgan 10/09-sonli tezyurar “Sharq” poyezdlarining harakat jadvali oʻzgarmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin.