Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari AJ axborot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Hududiy elektr tarmoqlari AJning Xorazm hududiy filiali tomonidan tezkor brigadalar jalb qilinib, oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda hududlarda tiklash va taʼmirlash ishlari izchil davom etmoqda. Vaziyat mutasaddi tashkilotlar tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
Shuningdek, noqulay ob-havo taʼsirida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ayrim elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari ham davom etmoqda. U yerda ham Hududiy elektr tarmoqlari AJ hududiy filiali xodimlari tomonidan elektr taʼminotini qayta tiklash choralari koʻrilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.