Bosh prokuratura shtabi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida “N.N.M.U.” MCHJga qarashli korxonada hisoblagich ulanish sxemasi oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilgani aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur qonunbuzarlik oqibatida elektr taʼminoti korxonasiga 1 milliard 901 million soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.