Xabarda keltirilishicha, 15-dekabrda va 16-dekabrga oʻtar kechasi respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
15-dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17-dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15 daraja, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.