Nizomga ko‘ra, fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, mamlakatning istalgan hududidagi birlamchi uy-joy bozoridan ipoteka krediti asosida xonadon sotib olishi mumkin.
Subsidiya olish uchun ariza Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali topshiriladi.
Ariza beruvchilarni baholashda ularning amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani hamda shu tizimda kamida 15 yillik ish stajiga ega ekani tasdiqlanishi lozim.
Qarorga muvofiq, subsidiya bir oilaga (er yoki xotindan biriga) faqat bir marta ajratiladi.
Tanlov to‘liq onlayn tarzda o‘tkaziladi. Belgilangan mezonlarga to‘liq javob bergan nomzodlar orasidan har chorakda ajratilgan kvota doirasida 125 nafar g‘olib avtomatik tasodifiy tanlash tizimi — random.org orqali aniqlanadi.
Subsidiya ajratilgani haqida xabarnoma olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti asosida xarid qilish uchun qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
15 yillik stajga ega ayrim tibbiyot xodimlariga uy-joy uchun subsidiya beriladi
Hukumatning 2026 yil 12 iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash tartibi tasdiqlandi.
Buxoroda xalqaro tadbirlar va sayyohlar uchun yangi turizm markazi barpo etilmoqda
- Dam olişga kelgan boğlarimizni nega çiqindixonaga aylantiryapmiz?
- Is gazidan zaharlaniş oqibatida 19 kişi halok böldi — FVB «Vaylant» isitiş uskunalaridan ogohlantirdi
- Qozoğistondan kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari şifoxonaga yotqizildi
- Davlatimiz rahbari Qoʻshmadrasa ansamblini restavratsiya qilish ishlari bilan tanishdi
- Dunyodagi dizel yoqilğisi zaxiralari 35 yil içidagi eng past darajaga tuşdi