Harbiy boʻlinmalarining piyoda yurishlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida soat 15.00 da koʻrgazmali chiqishlar bilan boshlanadi.
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) – Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) – “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbeksiton shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlangan harbiy boʻlinmalarning “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi maydonida harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.
2025-yil 18-noyabr kuni poytaxtimizning quyida keltirilgan koʻchalarida soat 15.00 dan soat 17.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:
- Qora qamish – Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Sagʻbon koʻchasi boʻylab KXAY – Sagʻbon koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
- KXAY – Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Sagʻbon koʻchasi boʻylab Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
- Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Sagʻbon koʻchasi boʻylab Farobiy – Sagʻbon koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
- Zarqaynar – Sagʻbon koʻchalari aylanma harakatidan, Zarqaynar koʻchasi boʻylab Zarqaynar – Alisher Navoiy koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
- Zarqaynar – Alisher Navoiy koʻchalari kesishgan chorrahasidan, Furqat koʻchasi boʻylab Furqat – Islom Karimov koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
- Furqat – Islom Karimov koʻchalari kesishgan chorrahasidan, Furqat koʻchasi boʻylab Furqat – Beshyogʻoch koʻchalari kesishgan chorrahasigacha.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz.