2020-yilda Oʻzbekistonga 1 mln 504 ming turist keldi, ularga 261 mln dollarlik xizmat koʻrsatildi

    Turizm 9 Yanvar 2021 741

    Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi:

    «Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar koʻrgan sohalardan biri boʻldi.

    2020-yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini koʻrsatdik.

    2021-yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yoʻnalish boʻyicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga koʻproq eʼtibor qaratmoqchimiz.

    2021-yilda Oʻzbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini taʼminlash boʻyicha reja qilingan».