2021-yil uchun alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun yigʻimning umumbelgilangan stavkalari quyidagicha belgilanadi:

  • Toshkent shahrida 2020-yilgi darajada saqlab qolinadi – oyiga 1 200 000 soʻm;
  • Nukus shahri, viloyat markazlaridagi shaharlarda – oylik toʻlov 1 mln soʻmdan 840 ming soʻmgacha kamaytiriladi (-16%);
  • boshqa shaharlarda – oylik toʻlov 800 ming soʻmdan 600 ming soʻmgacha kamaytiriladi (-25%);
  • boshqa aholi punktlarida – oylik toʻlov 600 ming soʻmdan 300 ming soʻmgacha kamaytiriladi (-50%).

2020-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda yigʻim toʻlashdan ozod qilingan umumiy ovqatlanish korxonalari 2021-yilda yigʻimni belgilangan miqdorlardan 50%ga pasaytirilgan stavkalar boʻyicha toʻlaydilar. Yaʼni bir oylik toʻlov Toshkent shahrida – 600 ming soʻm, Nukus shahri, viloyat markazlaridagi shaharlarda – 420 ming soʻm, boshqa shaharlarda – 300 ming soʻm, boshqa aholi punktlarida – 150 ming soʻm.

2020-yil uchun tasdiqlangan stavkalar bilan bu yerda, 2021-yil uchun stavkalar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.