Shundan kelib chiqib “2021-yilda davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilar keltirilgan:
1 Baholovchilarga malaka sertifikati berish.
2 Rieltorlarga malaka sertifikatini berish.
3 Fuqarolikka qabul qilish uchun ariza yuborish.
4 Fuqarolikdan chiqish uchun ariza yuborish.
5 Avtomobilni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun onlayn toʻlovlarini amalga oshirish.
6 Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi dublikat hujjatlarini berish.
7 Yer osti quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma olish.
8 Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlash va tugatish haqidagi xabarnoma yuborish.
9 Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish.
10 Gidrogeologik xulosa berish.
11 Respublikadan chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish.
12 Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish.
13 Yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek, zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma.
14 Yovvoyi oʻsimliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun yangi ruxsatnoma olish.
15 Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining doimiy joylashgan joyi (yashash joyi) faktini rasmiy tasdiqlash.
16 Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati uchun xabarnoma yuborish.
17 Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish faoliyati uchun xabarnoma yuborish.
18 Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash faoliyati uchun xabarnoma yuborish.
19 Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun xabarnoma yuborish.
20 Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyati uchun xabarnoma yuborish.
21 Nodavlat maktabdan tashqari taʼlim faoliyati, chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslari faoliyati uchun xabarnoma yuborish.
22 Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati uchun xabarnoma yuborish.
23 Tadbirkorlik subyektlari avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabardor qilish.
24 Korporativ karta orqali xarid qilingan tovar va xizmatlarni shaxsiy kabinetda roʻyxatdan oʻtkazish.
25 Koʻchma savdoni boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish.
26 Ish daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish.
27 Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi holati haqida maʼlumot olish.
28 Oliy oʻquv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish.
29 Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga kirish uchun ariza yuborish.
30 Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik texnikumiga oʻqishga kirish uchun ariza yuborish.
31 Oʻz-oʻzini band qilgan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish.
32 Avtotransport vositalarini onlayn roʻyxatdan oʻtkazish.
33 Avtotransport vositasini davlat raqami va texnik pasportini oʻzgartirish uchun ariza yuborish.
34 Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish.
35 Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish hujjatlarini rasmiylashtirish.
36 Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish hujjatlarini rasmiylashtirish.
37 Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish.
38 Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma.
39 Qurilish-montaj ishlari boshlanganligi haqida xabar berish.
40 Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarini topshirish.
41 Bazaviy hisoblash miqdori va valyuta kurslari dinamikasini kuzatib borish.
42 Mavzuli soʻrovlarni ijro etish.
43 Kommunal xizmatlarni isteʼmol qilganlik toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni yangilash.
44 Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish.
45 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti boʻlmagan obyekt uchun).
46 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun).
47 Mehnat daftarchasidan koʻchirma olish.
48 Bino-inshoot yoki uy-joy buzilishi toʻgʻrisida maʼlumot olish.
49 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam nafaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
50 Aholi tomonidan Ijtimoiy nafaqa (14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam nafaqalar) olish uchun murojaat yoʻllash.
51 Notariat sohasidagi arxiv hujjatlarini berish.
52 Saylov uchastkasini aniqlash yoki oʻzgartirish.
53 FHDYO tomonidan takroriy guvohnomalar olishga ariza berish.
54 Koʻchmas mulk obyektlari davlat reyestridan koʻchirmalar olish.
55 Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish.
56 Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun ruxsatnomalar berish.
57 Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish.
58 Yer qaʼri boʻyicha geologik materiallarning loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasini berish.
59 Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish.
60 Kichik hajmli kemalarni roʻyxatga olish.
Siz 2021-yilda qaysi davlat xizmatlari elektron shaklga oʻtkazilishini xohlar edingiz?
Quydagi havolaga oʻting va oʻz takliflaringizni bildiring! https://regulation.gov.uz/uz/d/28609