Taʼkidlash joizki, joriy yilning birinchi yarmida Chevrolet Tracker 2023-yil modeli sanoat ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha keng koʻlamli tashkiliy chora-tadbirlar fonida ishlab chiqarish hajmining keskin oʻsishi kuzatilyapti. Yangi avtomobilni ishlab chiqarishga iyul oyi oʻrtalarida start berilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, kompaniya oʻz rasmiy saytida Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (2023-yil modeli) avtomobili sotuvining start olish sanasiga rasman teskari sanoqni boshlagandi. Unga koʻra, yangi avlod avtomobili 30-avgustdan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilyapti, deb xabar beradi “UZAUTO MOTORS” AJ matbuot xizmati.