Unga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 597 tani tashkil etgan.

2022-yilda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 1 579 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohada eng koʻp yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega boʻlgan hududlar:

Toshkent shahri – 301 ta

Samarqand viloyati – 180 ta

Fargʻona viloyati – 191 ta

Andijon viloyati – 139 ta