2023-yilda “Olmaliq”KMK tomonidan umumiy qiymati 645,4 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi

    Sanoat 26 Dekabr 2023 572

    Kombinat tomonidan belgilangan eksport prognozi muddatidan avval bajarildi.

    Jumladan, mahsulotlar kesimida oladigan boʻlsak, 453,3 mln dollarga 55 175 tonna mis mahsulotlarining eksporti amalga oshirilgan.

    Shuningdek, 109,6 mln dollarlik 41 007 tonna rux mahsulotlari xorijga yuborilgan.

    Bundan tashqari, xorijiy isteʼmolchilarga 813 tonna molibden mahsuloti yetkazib berilgan. Ushbu mahsulot eksportining qiymati 46,4 mln dollarni tashkil etgan.

    Mis kuporosi eksportida esa 10,2 mln dollarlik 4 842 tonna mahsulot xorijga joʻnatilgan.

    Boshqa mahsulotlar eksportida esa 25,9 mln dollar mablagʻ qayd etilgan.