2023-yilning eng yaxshi butunjahon turizm qishlogʻi boʻlgan Sentobda bayram

    Sentob turizm qishlogʻi “2023-yilning eng yaxshi butunjahon turizm qishlogʻi” nominatsiyasini qoʻlga kiritganligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

    Navoiy viloyati turizm boshqarmasi hamda Nurota tumani hokimligi hamkorligida tumandagi Sentob turizm qishlogʻi “2023-yilning eng yaxshi butunjahon turizm qishlogʻi” nominatsiyasini qoʻlga kiritganligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

    Bayram tadbirida viloyat hokimi oʻrinbosari S.Mirzayev, tuman hokimi A.Fayziyev, shuningdek, yurtimizdagi turoperatorlar va turizm yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik etdi.

    Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari S.Mirzayev hamda tuman hokimi A.Fayziyevlar Sentob qishlogʻida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritib, “2023-yilning eng yaxshi turizm qishlogʻi” nominatsiyasi gʻolibi boʻlganligi bilan Sentob aholisini samimiy muborakbod etishdi.

    Jarayonda sanʼatkorlar tomonidan diltortar kuy-navolar ijro etilib, bayram ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

    Eslatib oʻtamiz, Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida "Best Tourism Villages 2023 Awards" (2023-yilning eng yaxshi turizm qishlogʻi) nominatsiyasi boʻyicha Navoiy viloyatining Sentob qishlogʻi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.