23—25-iyun kunlari Toshkentdagi ayrim markaziy ko'chalar vaqtincha yopiladi

    Bu haqida poytaxt hokimligi o'z murojaatida bildirdi.

    Gap shundaki, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning 25-iyun kuni “Yangi nafas”, “Vatan qalqoni” ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag'ishlangan “Olympyc day” musobaqasi o'tkaziladi. Shu munosabat bilan shahrimizdagi bir necha ko'chalar vaqtincha yopiladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.

    Xususan, 23-iyun kuni soat 00:00 dan 25-iyun kuni soat 10:00 gacha:

    - Afrosiyob ko'chasining Islom Karimov shoh ko'chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko'chasi bo'ylab Beshyog'och ko'chasi bilan kesishmasigacha;

    25-iyun kuni soat 5:00 dan soat 8:00 gacha:

    - Afrosiyob ko'chasining Islom Karimov shoh ko'chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko'chalari bo'ylab Oybek va Nukus ko'chalari kesishmasigacha;
    - Oybek va Nukus ko'chalari kesishmasidan Nukus ko'chasi bo'ylab Rim katolik cherkovigacha.