Gidrometeorologiya xizmati xabar berishicha, 24-27-fevral kunlari Oʻzbekistonga Volga boʻyi orqali Rossiyaning Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
Ob-havoning keskin oʻzgarishi sharoitida mevali bogʻ va uzumzorlar, ertaki kartoshka va sabzavot ekinlarini saqlab qolish maqsadida quyidagi tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirish tavsiya etiladi:
▫️mevali bogʻ va uzumzorlarning qator oralaridan sugʻorish ariqlari olinib, iloji boricha kam miqdorda suv oqizish;
▫️mevali bogʻ va uzumzorlar qator oralariga mahalliy oʻgʻit aralash hashak, paxol, shox-shabbalar uyumlarini toʻplab, ularni tutatish. Buning uchun mevali bogʻ va uzumzorlarga bir tekisda eni 1,25-1,5 m hamda balandligi 0,5-0,75 m dan toʻp-toʻp qilib uyib qoʻyish;
▫️daraxtlarning yoshi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektar maydonga 100-200 ta uyum hosil qilish. Tutun bogʻ ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlarni mevali bogʻ va uzumzorlarning shamol esadigan tomoniga qoʻyish hamda havo xaroratini kuzatib borish;
▫️havo ochiq boʻlib, harorat +1°S ga tushishi bilan uyumlarni tutatish. Bunda uyumlarning alangalanmay, tutab yonishiga alohida ahamiyat berish lozim. Sovuq takrorlanishini hisobga olib, uyumlar oralatib tutatish. Agar sovuq boʻlmasa uyumlardan oʻgʻit sifatida foydalanish;
▫️ertaki muddatlarda ekilgan kartoshka nihollari yerdan unib chiqqan boʻlsa, sharoitga qarab, egat ustini polietilen plyonka bilan yopish yoki yopishning iloji boʻlmagan maydonlarda kechki suv qoʻyishni tashkil etish va maydonning atrofiga goʻng aralash xashak, paxol va shox-shabbalar uyumlarini toʻplash hamda ularni tutatish;
▫️isitilmaydigan koʻchatxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari koʻchatlarini sovuqdan asrashning muhim tadbirlaridan biri dugalar oʻrnatish, ustini polietilen plyonkasi bilan yopish, vaqtinchalik isitish moslamalaridan foydalanish hamda atrofiga goʻng aralash xashak, paxol va shox-shabbalar uyumlarini toʻplab, ularni tutatish;
▫️issiqsevar sabzavot ekinlaridan pomidor, shirin qalampir va baqlajon koʻchatlarini parnikda tayyorlashni hamda bodring va poliz ekinlari urugʻlarini ekishni vaqtinchalik toʻxtatib turish;
▫️Sovuqqa chidamli sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, karam va koʻkat sabzavotlar kabi ekinlarga sovuq -2-3°S sezilarli taʼsir etmaydi.
Sovuq siklonda qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarni qanday saqlash mumkin?
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot kotibi Nigora Xoʻjayeva bu borada batafsil maʼlumot berdi.
Prezidentimiz maxsus turdagi avtomobillar va mexanizmlar ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi
- «O‘zsanoatqurilishbank»: raqamli innovatsiyalar aholi uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda
- Prezidentimiz “Cyber University” faoliyati bilan tanishib, Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga start berdi
- Umumiy maydoni 36 gektar bo‘lgan Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga qariyb 500 million dollar investitsiya jalb qilinadi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markaziga tamal toshi qo‘yish va boshqa yangi loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etmoqda
- Prezidentimiz Nurafshon shahrida yangi barpo etilgan Ijtimoiy himoya majmuasiga bordi
Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaga keldi
- Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
- Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
- Prezidentimiz Sergelidagi zamonaviy tibbiyot markazini koʻzdan kechirdi