Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq va Qoʻshrabot tumani boʻlimi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Qga 4 000 AQSH dollarini 50,9 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Shuningdek, Departamentning Payariq va sir Oqdaryo tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.U. fuqaro A.A.ga 3 100 AQSH dollarini 39,5 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, 3 292 AQSH dollari, 10 YEVRO va 62 410 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning xora Yangibozor tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan D.G. fuqaro O.S.ga 3 400 AQSH dollarini 43 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.