Fuqaro Olot tuman markazidagi "Best-Moto" oilaviy korxonasiga tegishli texnika do'konidan 30 million so'mga uch g'ildirakli "Muravey" motottsikl xarid qilgani, ammo u sifatsiz chiqqani va tadbirkorga qilgan murojaati etiborsiz qolganidan noroziligini bildirgan.

Murojaat federatsiyaning Olot tumani xodimlari tomonidan o'rganilib, tadbirkorga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so'ng, iste'molchiga sotgan nosoz motottsikl ta'mirlab berildi.

Shuningdek, Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi fuqaro J.I. tomonidan kelgan murojaatda, iste'molchi Vobkent tuman markazidagi maishiy texnika do'konidan 4,5 million so'mga "Samsung" televizorini xarid qilgani, oradan bir hafta o'tmasdan esa televizor sifatsiz ekani ma'lum bo'lgani, bu borada bir necha marotaba tadbirkorga murojaat qilgan bo'lsada, hech qanday o'zgarish bo'lmaganini aytib o'tgan.

Murojat federatsiyaning Vobkent tumani xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida, televizor yangi va sifatlisiga almashtirib berildi.

Yana bir murojaat Kogon shahar Temir yo'lchi ko'chasida yashovchi fuqaro Sh.P. tomonidan kelgan. U joriy yilning 18 avgust kuni Kogon shahri markazida joylashgan dorixonadan 146 ming so'm evaziga tanometr xarid qilgani, uch kun o'tgandan so'ng tanometr to'g'ri ishlamayotganidan norozi bo'lib dorixona sotuvchisiga murojaat qilgan,  ammo uning e'tirozi qondirilmagani ta'kidlagan.

Ariza kelib tushgan kunning o'zida o'rganib chiqilganda, haqiqattan ham tanometr nosoz ekani ma'lum bo'ldi va yangisiga almashtirib berildi.