Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Aytilishicha, oʻrganishlar davomida 396 ta sifatsiz qurilgan obyekt aniqlanib, ular yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallar yuborildi.
Shuningdek, 200 dan ortiq holat boʻyicha sudlarga noqonuniy qurilish obyektlarini buzish haqida daʼvo arizalari kiritildi,
100 dan ziyod noqonuniy qurilishlar buzilishi taʼminlandi.
Qurilish jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan qoʻpol qoidabuzarliklar yuzasidan esa 40 dan ortiq holatda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, ayni paytda tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.