Xabarni olgan inspektorlar aytilgan manzilga borganida, Luizaning yaqinlari qizaloq g‘amxo‘rlik qilayotgan yovvoyi qushni ko‘rsatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Luiza tashqarida ucha olmay turgan qushni ko‘rib qolgan va uni parvarishlash uchun o‘zi yashab turgan uyga olib kelib, parvarishlagan.

Inspektorlar qushning katta qo‘ng‘ir ekanini aniqladi. Qushning holati yaxshi ekani e’tiborga olinib, Zarafshon daryosiga qo‘yib yuborildi.

"Fursatdan foydalanib, sovuq kunlarda  yovvoyi qushga befarq bo‘lmagan Jondor tumanidagi 10- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Luiza Ne’matovaga, ota-onasiga hamda o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz!", deyiladi Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.