43 500 AQSH dollarini noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Xavfsizlik 5 Aprel 2023 689

    Deklaratsiyada yozib ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan.

    Turli nayranglarni qoʻllagan holda Oʻzbekistondan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqish holatlariga bojxona organlari tomonidan chek qoʻyilmoqda.

    Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Doʻstlik” chegara bojxona postiga chiqish piyoda yoʻlagi orqali qoʻshni davlatga oʻtib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro A.X. belgilangan tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

    Natijada, ushbu fuqaroning yonidan deklaratsiyalangan 8 ming 700 AQSh dollaridan tashqari, deklaratsiyada yozib koʻrsatilmagan va bojxonachilarning ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan 43 ming 500 AQSh dollari mavjudligi aniqlangan.

    Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.