Xususan, Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “T.-B.”, “T.A.” MCHJ rahbarlari va “Oʻrtaovul” MFYda yashovchi Yu.B.lar maishiy xizmat koʻrsatish binolarini elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 476,6 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.g.” MCHJ rahbari va boshqalar korxonaga qarashli issiqxonani elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 348,1 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Narpay tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.b.” fermer xoʻjaligi rahbari A.T. va boshqalar xoʻjalik transformatorini hech qanday hujjatsiz yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 212,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Urganch tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “Z.Q.” MCHJ va “J.N.” xususiy korxonasi rahbarlari umumiy ovqatlanish hamda qurilish obyektini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari oʻzboshimchalik bilan ulanib, 122,3 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Xonobod shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.O.” oilaviy korxonasi rahbari korxona binosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari oʻzboshimchalik bilan ulab, 120 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 618 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.